"Chelsi"ning ikki muhim futbolchisi "Arsenal" bilan o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2018, 21:55
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Arsenal"ga qarshi Angliya Kubogi 1/2 final bahsi oldidan, kim maydonga tusha olmasligini aytdi.

"Alvaro Morata va Sesk Fabregas ertaga o'ynamaydi. Morataning belida muammo bor. O'yindan oldin ularning o'rniga tushadigan futbolchini aniqlaymiz" - deydi Konte.

"Arsenal" - "Chelsi" uchrashuvi 24 yanvar kuni "Emireyts"da bo'lib o'tadi. Birinchi bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com