"Chelsi" yangi sardor nomini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023, 10:40
"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms 2023/24 yilgi mavsumda jamoaning yangi sardori bo'ladi.

Jeyms "ko'klar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o'tgan mavsumda klub vice-sardorlaridan biri edi.

"Chelsi" sardori. Bu men va oilam uchun katta sharaf va g'ururdir. Oxirgi 17 yil davomida shu yerda o'ynadim. Bu yo'lda menga yordam bergan barchaga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.

Bu rol men uchun yangi, ammo klubimiz to'g'ri yo'ldan borishi uchun bor kuchimni ishga solaman. Bizning o'rnimiz boshqa joyda. Sovrinlar yutishimiz kerak.

Yakshanba kuni "Brij"da ko'rishguncha", – dedi Jeyms. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com