"Chelsi" va "Shanxai SIPG" kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2016, 13:51
Xitoy Superligasi ishtirokchisi "Shanxai SIPG" "Chelsi" yarim himoyachisi Oskar transferi borasida "aristokratlar" bilan kelishuvga erishdi.

Bu haqda "Chelsi" rasmiy sayti e'lon qildi.

25 yoshli braziliyalik qishki transfer oynasida (yanvarda) Xitoy klubiga o'tadi. U "Shanxai SIPG" bilan 4,5 yillik shartnoma imzolaydi.


Oldinroq Oskarning yangi klubidagi haftalik maoshi 400 ming funt bo'lishi e'lon qilingan edi.

Futbol haqida yangiliklar Telegramda - telegram.me/championatasia

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia