"Manchester Siti" Oskar Bobbni sotib yubordi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2026
"Manchester Siti" vinger Oskar Bobbni "Fulxem"ga sotdi.

22 yoshli futbolchi London klubi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Hozircha uning transfer summasi rasman ochiqlanmagan. Lekin "Sky Sports" bergan ma'lumotga ko'ra, "Fulxem" transfer uchun 27 million funt to'laydi. "Siti" uning navbatdagi sotuvidan 20 foiz mablag' ishlab oladi.

Bobb 2023 yildan "Siti" asosiy jamoasi tarkibida o'ynamoqda. U barcha turnirlarda 47 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fulhamfc.com