

"Kristian Atsu topildi. Afsuski, u hayotdan ko'z yumdi", – dedi futbolchining agenti Murat Uzunmexmet.
31 yoshli futbolchi 6 fevral kuni Qahramonmarashda sodir bo'lgan zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan edi.
Atsu o'tgan kuzda "Hatayspor"ga o'tishdan oldin "Chelsi", "Nyukasl", "Portu", "Riu Ave", "Vitess", "Everton", "Malaga", "Bornmut" va "Al Raed" klublarida o'ynagan. U terma jamoa safida 60 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan.



