

Bu summa "Brayton"ning 2022 yilgi moliyaviy hisobotida ma'lum qilingan. Pullar Potter "Chelsi" bosh murabbiyi etib e'lon qilingan kundan bir necha kun o'tgach, klubga kelib tushgan.
Avvalroq Potterning kompensaciya puli murabbiylarning klubdan-klubga o'tish jarayonidagi rekordligi aytilgandi. Bu borada ikkinchi o'rinda Yulian Nagelsmann turadi. "Bavariya" murabbiy uchun "Leyptsig"ga 20 million evro atrofida pul to'lab bergan.



