"Chelsi" ispan grandlarining taklifiga rad javobini berdi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2019, 22:20
Chelsi yarim himoyachisi Villianga Ispaniyaning ikki grand jamoasi, yani, Barselona hamda Atletiko futbolchini sotib olish masalasida taklif bilan chiqdi.

Jamoalar futbolchini bir xil summa – 35 mln. evroga baholagan. Biroq, aristokratlar rahbariyati ularga rad javobini bergan. 

Braziliyalik 30 yoshli o'yinchining londonliklar bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi. Tomonlar kelishuvni yana ikki yilga uzaytirishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Barselona mazkur futbolchi bilan o'tgan transferlar oynasida ham qiziqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports