"Chelsi", "Liverpul" va "Yuventus" Tyuram o'g'liga qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019, 12:05
"Chelsi" va "Liverpul" Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lilian Tyuramning o'g'li Kefren Tyuramga qiziqish bildirmoqda.

17 yoshli futbolchi "Monako" akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi, ammo u haligacha o'z klubi bilan shartnoma imzolagani yo'q.

Klyoblar yozda yarim himoyada o'ynaydigan futbolchini minimal narxda sotib olishlari mumkin. Ma'lum bo'lishicha, ingliz klublariga "Yuventus" raqobat tashkil qiladi.

Kefrenning ketishi "Monako" joriy mavum davomida ikki marta murabbiy almashtirishiga bog'liq bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail