"Chelsi" Jekodan tashqari yana bir hujumchiga da'vogarlik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018, 17:12
"Lester Siti" hujumchisi Islam Slimani faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

London klubi jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va 29 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin.

"Lester" jazoirlikni ijaraga berishni emas, sotishni maqsad qilgan.

Joriy mavsum Slimani Premer-liganing 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" "Roma" hujumchisi Edin Jekoni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times