"Chelsi" yetakchisi bilan shartnomani uzaytirish niyatida

Alisher
26 iyul 2019, 11:49
"Chelsi" yarim himoyachi Villian bilan shartnomani bir yilga uzaytirmoqchi.

Braziliyalikning "ko'klar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Manbaning xabariga ko'ra, klub 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar uzaytirmoqchi.

"Chelsi" so'nggi ikki transferlar oynasida yangi futbolchilarni olish bo'yicha taqiqqa uchragan. 

Shu sababdan, rahbariyat tarkibdagi futbolchilarni sankciya muddati yakunlanganiga qadar olib qolish harakatida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Evening Standart