"Championat.asia" xabari tasdiqlandi: "Andijon" bosh murabbiyi o'zgargani rasman ma'lum

16 may 2019, 18:58
Kuni kecha saytimiz orqali "Andijon" jamoasida bosh murabbiy o'zgargani haqida ma'lum qilgandik.

Biroq o'sha kuni "Andijon" klubi matbuot xizmati bizga murojaat qilib, mazkur ma'lumot haqiqatdan yiroqligi va Ildar Sakaev hamon jamoa bosh murabbiyi sifatida "Paxtakor" bilan bo'lajak bahsda "Andijon"ni tayyorlayotgani aytilgandi.

Bugun esa saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov ham o'zining telegramdagi kanalida "Andijon"da "rul" almashgani va klub matbuot xizmati yakunda nohaq bo'lib chiqishini takidlagandi.

Ayni paytda Farg'onada o'tkazilayotgan "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvida nominal mezbon maqomidagi jamoani avval saytimizda chiqqan xabarni tasdiqlagan holda Jamshid Saidov boshqarmoqda. O'yin rasmiy protokolida ham "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov ekanligi qayd etilgan.

Bizdagi ishonchli ma'lumotlarga ko'ra, Ildar Sakaev avval takidlaganimizdek jamoada qolgan va sport direktori lavozimida ishlamoqda.

Demak "Andijon"da joriy mavsumdagi uchinchi iste'fo rasman ruy berdi va Sakaev o'rnini Jamshid Saidov egalladi.

Breaking news. "Andijon" bosh murabbiyi Ildar Sakaev iste'foga chiqdi 

"Andijon" matbuot xizmati: Sakaev lavozimini tark etgani yo'q         

"Andijon"ni "Paxtakor"ga qarshi o'yinda kim boshqarib tushadi? 

Live             "Andijon" - "Paxtakor" 0:0         

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia