

"Yig'inni ham boshlay deb turibmiz. Yangi bosh murabbiy ham yetib keldi. Endi tibbiy ko'rik (so'ngra tabiiy ko'rik).
Qay futbolchining qaysi jamoa bilan shartnoma tuzganini bilmadimu, o'tgan mavsum "Paxtakor" tarkibida bo'lgan ikki va "Bunyodkor"da to'p surgan uch to'ptepar biz bilan mavsum oldi tibbiy ko'rikdan o'tishga hozirlangani bor gap.
Qay jamoa tomon yo'l olishmasin barcha futbolchilar unumli yig'in o'tib, sog'-salomat chempionat boshlanishiga yetib olishlariga tilakdoshman.
Barchamizga omad!", - deb yozadi shifokor telegram-kanalida.
Bizga ma'lum bo'lishicha, "Bunyodkor"ning o'sha uch futbolchilari - Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov hamda Abdumavlon Abdujalilov hamda o'tgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida harakat qilgan Sadriddin Abdullaev hamda Javohir Sidiqov "Lokomotiv"ga o'tishi kutilmoqda.
Eshitdik-da! Sidiqov "Lokomotiv"ga o'tmoqda
Eshitdik-da! Islomjon Qobilov xorijga ketmasa Toshkentning boshqa klubiga o'tadi
Xorijdan murabbiy, "Paxtakor"ning uch futbolchisi va "Navbahor" himoyachisi "Loko"ga o'tishi mumkin



