Eshitdik-da! Sidiqov "Lokomotiv"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
22 dek 2020, 15:03
"Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Javohir Sidiqov faoliyatini Toshkentning boshqa klubida davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Sidiqov "Lokomotiv" klubiga ko'chib o'tmoqda. Yarim himoyachi huquqiy jihatdan "Qo'qon-1912"ga tegishli va bu mavsum "Paxtakor"da ijarada o'ynadi. Tez orada Sidiqov "Lokomotiv" futbolchisi sifatida tanishtiriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia