Rasman: Sidiqov "Qo'qon-1912"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026, 16:25
So'nggi mavsumlarda "Nasaf" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Javohir Sidiqov faoliyatini Qo'qonda davom ettiradi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

29 yoshli futbolchi qo'qonliklar tarkibida 2 yil to'p tepadi.

U 2016 yildan 2018 yilga qadar, shuningdek, 2022 yilda ham "Qo'qon-1912"da o'ynagan.

Sidiqov o'tgan mavsum "Nasaf" libosida 23 o'yinda qatnashib, "1+1" qayd etgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати