Superliga. Bir kishi kam bo'lib qolgan va goli inobatga olinmagan "Buxoro" o'z maydonida "Nasaf"ga yutqazdi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2026, 17:55
"Buxoro" hamda "Nasaf" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 27-tur bahsi yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi. 27-tur

"Buxoro" - "Nasaf" 0:1

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Farruh Bekmurodov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Adhamjon Rixsiboev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: 0:1 – 90, Oybek Rustamov

"Buxoro": 12. Umidjon Hamroev, 7. Xurshidbek Muxtorov, 42. Kiril Todorov, 5. Sardor Qulmatov, 11. Temur Mamasiddiqov, 25. Sherzod Esanov, 18. Ozodbek Rajabov, 27. Muhammad Yo'ldoshev (97. Shahboz Jo'rabekov, 84), 78. Vladimir Rodich (77. Asilbek Qayumov, 84), 22. Asadbek Jo'raboev (10. Shahzodbek Ubaydullaev, 65), 9. Nika Kachavara (21. Quvondiq Ro'ziev, 73)

Zaxira: 4. Nodirbek Ahmadjonov, 2. Velko Filipovich, 30. Boyan Mladovich, 1. Shirinboy Abdullaev, 88. Dominik Begich.

"Nasaf": 1. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev, 22. Diyor Abdunazarov ( 20. Yusuf Otubanjo, 66), 92. Umarbek Eshmurodov, 15. Oybek Rustamov, 70. Abbos G'ulomov, 14. Sharof Muhiddinov, 23. Dilshod Murtazoev, 7. Adenis Shala, 10. Bobur Abduxoliqov (32. Quvonch Xushvaqtov, 90+2)

Zaxira: 21. Samandar Murodboev, 4. Akromjon Komilov, 77. Paata Gudushauri, 8. Zafarmurod Abdurahmatov, 27. Yashnar Berdirahmonov, 76. Zafar Sadullaev.

Ogohlantirish: Sardor Qulmatov (20), Dilshod Murtazoev (26), Abbos G'ulomov (75)

Chetlatish: Sardor Qulmatov (85, ikkinchi ogohlantirish)

⏱️ 90' – Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam tomonidan uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

⚽ 90' – GOL! "Nasaf" hisobni ochdi! "Buxoro" jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan Oybek Rustamov unumli foydalanib, to'pni raqib darvozasiga yo'lladi. Hisob – 0:1.

🟥 85' – "Buxoro" himoyachisi Sardor Qulmatov Yusuf Otubanjoga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Mezbonlar qolgan daqiqalarni bir kishi kam bo'lib o'tkazishadi.

🔄 84' – "Buxoro" tarkibida o'zgarish: Vladimir Rodich o'rniga Asilbek Qayumov, Muhammad Yo'ldoshev o'rniga esa Shahboz Jo'rabekov maydonga tushdi.

⚠️ 76' – Xavfli vaziyat! "Buxoro" hujumchisi Shahzodbek Ubaydullaev jarima maydoni ichida qaychi uslubida zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

🟨 75' – "Nasaf" futbolchisi Abbos G'ulomov to'pga qo'l bilan o'ynagani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

⚠️ 75' – Xavfli vaziyat! "Nasaf" tomonidan amalga oshirilgan burchak to'pi uzatmasidan so'ng jarima maydoni ichida mehmonlar futbolchisi bosh bilan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

🔄 73' – "Buxoro" tarkibida o'zgarish: Nika Kachavara o'rniga maydonga Quvondiq Ro'ziev tushdi.

🔄 66' – "Nasaf" tarkibida o'zgarish: Diyor Abdunazarov o'rniga maydonga Yusuf Otubanjo tushdi.

🔄 65' – "Buxoro" tarkibida o'zgarish: Asadbek Jo'raboev o'rniga maydonga Shahzodbek Ubaydullaev tushdi.

64' – "Buxoro" vakili Temur Mamasiddiqov olis masofadan darvoza sari zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi.

61' – "Nasaf" vakili Dilshod Murtazoevning darvoza tomon yo'llagan zarbasini "Buxoro" posboni Umidjon Hamroev qaytarishga erishdi.

57' – "Nasaf" futbolchisi Oybek Rustamov olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

⚠️ 54' – Xavfli vaziyat! "Nasaf" vakili Oybek Rustamov olis masofadan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p ustun yonidan o'tib ketdi.

⚠️ 52' – Xavfli vaziyat! "Nasaf" hujumchisi Adenis Shala jarima maydoni yonginasidan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Buxoro" posboni Umidjon Hamroev yana bir bor ishonchli harakat qilib, seyv ko'rsatdi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

⏱️ 46' – Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, jamoalar bahsni davom ettirishmoqda.

⏸️ 45+3' – Birinchi bo'lim yakunlandi. Hakamning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.

⏱️ 45' – Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam tomonidan bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

⚠️ 40' – Xavfli vaziyat! "Buxoro" futbolchilari o'ng qanotdan jarima maydoniga to'pni uzatib berdi. Hujumni Asadbek Jo'raboev boshi bilan zarba yo'llab yakunladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

36' – "Buxoro" qulay nuqtada jarima to'pi ishlab oldi. Standart vaziyatni kim amalga oshirishini aniqlash maqsadida Temur Mamasiddiqov va Vladimir Rodich o'zaro "qog'oz-qaychi-tosh" o'ynashdi. Bahsda g'olib chiqqan Mamasiddiqov jarima maydoni chizig'idan to'g'ridan-to'g'ri zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

❌ 31' – Gol bekor qilindi! Bosh hakam VAR hakamlari bilan bog'lanib, vaziyatni ko'rib chiqqach, hujumda ofsayd holati bo'lganini qayd etdi. "Buxoro" jamoasining goli hisobga olinmadi.

⚽ 29' – GOL! "Buxoro" hisobni ochdi! Temur Mamasiddiqovning uzatmasidan so'ng Ozodbek Rajabov olis masofadan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga olib, chiroyli to'p kiritdi.

🟨 26' – "Nasaf" vakili Dilshod Murtazoev qoidani buzgani uchun uchrashuv bosh hakami tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

🟨 20' – "Buxoro" himoyachisi Sardor Qulmatov Sharof Muhiddinovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

⚠️ 11' – Yana bir xavfli vaziyat! "Nasaf" tomonidan ijro etilgan burchak to'pidan so'ng raqib himoyachilari qaytargan to'pga Oybek Rustamov zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⚠️ 10' – O'yinda ilk jiddiy xavfli vaziyat! "Nasaf" vakili Sharof Muhiddinov chap oyoqda darvozaning pastki burchagiga zarba yo'lladi. "Buxoro" posboni Umidjon Hamroev mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarishga erishdi va xavfni bartaraf etdi.

5' – "Buxoro" vakili Temur Mamasiddiqov chap qanotdan raqib jarima maydoniga to'pni uzatdi, biroq "Nasaf" himoyachisi Umarbek Eshmurodov faollik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

⏱️ 1' – Bosh hakam Temur To'xtasinovning hushtagi yangradi. O'zbekiston Superligasi 27-turi doirasidagi "Buxoro" – "Nasaf" uchrashuvi boshlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia