Bunyodkor Oq-tepa bilan durang o'ynadi. Lokomotiv futbolchisi maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2021, 16:06
Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi Bunyodkor bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Qaldirg'ochlarning raqibi Pro liga vakili Oq-tepa jamoasi bo'ldi. Birinchi bo'limda darvozalar uch bor ishg'ol etildi, tanaffusga Oq-tepa g'olib sifatida yo'l oldi – 1:2. Ikkinchi bo'limda aksincha, endi Bunyodkor raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi, mehmonlar ikki golga bir marta javob qaytardi. Umumiy hisob – 3:3. Bu haqda Bunyodkor matbuot xizmati xabar berdi.

Bunyodkor safida Lokomotiv yarim himoyachisi Avazbek O'lmasaliev maydonga tushdi.


Nazorat uchrashuvi
BUNYODKOR - OQ-TEPA - 3:3 (1:2)
24 fevral. Toshkent. Bunyodkor akademiyasi maydoni.
Bosh hakam:
Asker Najafaliev.
Bunyodkor: Zafar Safoev (Akobir Qayumov), Bek Abdullaev (Ulug'bek Abdullaev), Abdulla Abdullaev (Muhammadodil Qahramonov), Davronjon Ergashev (Dian Talxatov; Abdulaziz Abdusalomov), Sunnatilla Abdullajonov (Nozimxon Rustamov), Suhrob Izzatov (Xurshid Ubaydullaev), Avazbek O'lmasaliev (Rasul Yo'ldoshev), Ibrohim Ibragimov (Valeriy Akopov), Xurshid G'iyosov (Muhammadali G'iyosov), Farrux Ikromov (Mirjahon Mirahmadov), Ibrohim Tomiva (Shahboz Erkinov).
Gollar: Ibrohim Tomiva, Xurshid G'iyosov, Shahboz Erkinov - Xuan Beserra, Talgat Nigmatulin, Sandey Song.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia