Avazbek O'lmasaliev: "Kannavaro stadionga kelsa, golni shunday nishonlayman degandim"

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 11:15
OKMK jamoasi Superliganing bu turida o'z maydonida "Lokomotiv" bilan kuch sinashdi (2:1).

O'yinda jamoaning ilk goli himoyachi Avazbek O'lmasaliev tomonidan urildi. U goldan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga o'ziga hos javob qildi. Uchrashuvdan so'ng Avazbek O'lmasalievdan bu haqida fikrlarini bilishga qaror qildik.

2.jpg

"Avvalo barchani qo'lga kiritilgan qiyin g'alaba bilan tabriklayman. Oson o'yin bo'lgani yo'q. 0:1 hisobida ortda borayotganimizga qaramay jamoamiz xarakter ko'rsatdi. Xudoga shukur, g'alabaga erishdik.

Golni nishonlashimga kelsak, bu oldindan o'ylangan edi. Anchadan beri niyat qilib yurgan edim. Kannavaro kelgan vaqt to'p kiritsam, shunday nishonlayman degandim. Gol urdim, yakunda shunday javob qildim.

Jamoamiz uyg'onyapti desak ham bo'ladi. Qishda klubni ko'p futbolchilar tark etdi. Jamoa almashdi. Bir-birimizni tushunib olishimiz vaqt talab qilardi", – deydi Avazbek O'lmasaliev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia