

- Bugungi o'yin haqida...
- Barchani qiyin g'alaba bilan tabriklayman. O'yin shunday ruhda kechishini bilardik. Imkoniyatlardan foydalanib, uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- OKMKning oxirgi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizligi haqida...
- Har qanday o'yinning o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. Har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- Terma jamoaga chaqirilgani haqida...
- Bu yangilik bilan barcha jamoadoshlarim, yaqinlarim, ilk navbatda, oila a'zolarim tabrikladi. Rasmiy ravishda birinchi marotaba milliy terma jamoaga chaqirilganimdan xursandman. Xudo xohlasa, bu jarayon davomiy bo'lishi uchun harakat qilaman.




