Bundesliganing eng yaxshi to'purari "Bavariya"ga o'tishni istamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
19 noya 2024, 11:26
Myunxen klubidagilar Omar Marmushning transferini amalga oshirish qiyin bo'ladi, deb hisoblashmoqda.

Bunga asosiy sabab sifatida transferning yuqori narxi keltirilmoqda – ma'lumotlarga ko'ra, raqamlar 60 mln evrogacha yetishi mumkin.

E'tiborlisi, futbolchining o'zi aynan "Bavariya"ga ko'chib o'tish variantini maqul ko'rmoqda.

Joriy mavsum Marmush Bundesliganing 10 o'yinida 11 ta gol urdi va "Bavariya" forvardi Xarri Keyn bilan yetakchilikni bo'lishib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: iMiaSanMia