

Demak, Bavariya (1-o'rin), Borussiya D (2-o'rin), RB Leyptsig (3-o'rin) va Bayer (4-o'rin) kelasi mavsum YCHLni guruh bosqichidan boshlaydi. 5- hamda 6-o'rinlarni egallagan Borussiya M hamda Volfsburg Yevropa ligasini guruh bosqichidan boshlasa, 7-pog'onadagi Ayntraxt F pley-off bosqichlarida qatnashadi. Nyurnberg (17-o'rin) hamda Gannover (18-o'rin) jamoalari musobaqani avvalgi turlardayoq tark etgani ma'lum bo'lgan bo'lsa, Shtutgart (16-o'rin) Bundesligada qolish uchun o'tkaziladigan bahslarda ishtirok etadi.




