Bundesliga. “Bavariya” navbatdagi 3 ochkoni qo'lga kiritib, peshqadamligini mustahkamladi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2021, 21:22
Germaniya chempionati 16-turidan o'rin olgan Myunxendagi o'yinda "Bavariya" 2:1 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar safida gollarni Robert Levandovski va Tomas Myullar urgan bo'lsa, javob to'pini mehmonlar forvardi Nils Petersen kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Xans Diter-Flik shogirdlari ochkolar sonini 36 taga etkazib, yetakchiligini mustahkamladi. “Frayburg” esa 23 ochko bilan 8-o'rinda qoldi.

"Bavariya" – "Frayburg" 2:1

"Alyanc-Arena"

Gollar: 1:0 – 7 Levandovski, 1:1 – 62 Petersen, 2:1 – 74 Myuller.

"Bavariya" – Noyer, Pavar, Boateng, Alaba, Devis, Goretcka (Xavi Martines, 87), Kimmix (Tolisso, 76), Myuller (Shupo-Moting, 87), Levandovski, Gnabri (Sane, 28), Koman (Musiala, 76).

"Frayburg" – Myuller, Kyubler (Tempelmann, 61), Gulde, Linxart, Shlotterbek, Gyunter, Xefler, Santamariya (Abrashi, 5; Xaberer, 55), Grifo, Shallai (Xeler, 62), Demirovich (Petersen, 61).

Ogohlantirishlar: Xefler (9), Shallai (46), Shupo-Moting (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia