

Rus klubi 2026 yilning yoziga qadar, yani 3ta transfer oynasida yangi o'yinchi sotib ololmaydi.
Bundan tashqari, Rossiyaning yana ikki klubi "Ximki" va "Kuban"ga ham taqiq qo'yilgan.
SSKAdagi taqiq 14 noyabrdan, "Ximki"niki 15 noyabrdan boshlanadi, "Kuban"dagi taqiq esa 12 iyuldan boshlangan. "Ximki" tarkibida yana bir o'zbekistonlik futbolchi Alisher Odilov to'p tepadi.
SSKA va "Ximki" klublari navbatdagi 3ta transfer oynasida yangi o'yinchilar bilan shartnoma tuza olishmaydi, "Kuban" esa to FIFA ruhsat bermaguncha transferlarni amalga oshira olmaydi.
Afsuski, ushbu taqiq hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevning yaqin orada Moskvadan Yevropaning kuchliroq chempionatlariga ko'chib o'tish ehtimoliga salbiy ta’sir qilishi mumkin.




