

Musobaqaning dastlabki turida "armiyachilar" "Rostov"ni minimal 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Jarohatdan forig' bo'lib, safga qaytgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.
Umid qilamizki, bugun ham Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonga tushadi va samarali harakatlari bilan jamoasiga foyda keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Zenit - SSKA uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.



