"Bryugge" futbolchisi YCHL tarixida rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
15 sen 2022, 00:53
"Bryugge" futbolchisi Antonio Nusa YCHL tarixidagi rekordni qayd etdi.

Norvegiyalik forvard ko'xna qitaning eng katta klublar turnirida debyut o'yinida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Nusa YCHLning 2-turi doirasida "Portu"ga qarshi o'yinda 17 yosh 189 kunligida darvozani ishg'ol qildi.

Ushbu mavsumda Nusa "Bryugge" tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA