Breaking News: "Jirona" kelasi mavsum YCHLda ishtirok etmasligi mumkin

Alisher
5 may 2024
Joriy mavsum La Ligadagi ochkolari bilan YCHLga chiqishni kafolatlagan "Jirona" jamoasi unda ishtirok etmasligi mumkin.

"Jirona" va "Manchester Siti" keyingi yillarda Chempionlar ligasiga yo'l olgani sabab City Football Group klubdagi ulushlarini sotishga majbur bo'lishi mumkin.

UEFA klublar musobaqasida ishtirok etuvchi hech bir klub musobaqadagi boshqa klubning qimmatli qog'ozlari yoki akciyalariga bevosita yoki bilvosita egalik qilishi mumkin emas.


→ "Jirona" Chempionlar ligasiga chiqdi! Jamoa tarixida ilk bor evrokuboklarda ishtirok etadi




AlisherMuallif
Manba: FTBL