"Brayton" bosh murabbiyi: "Natija intilishlarimizga yarasha bo'lmadi"

Mirjalol Normatov
1 yanv 2022, 13:56
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi APLning 18-turi doirasida "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"G'alati mag'lubiyat bo'ldi. To'rtta juda oson gollar o'tkazib yubordik. Ammo juda yaxshi o'yin namoyish qildik. Ikkinchi bo'limda raqibdan ustunlik ham qildik. Afsus, natija intilishlarimizga yarasha bo'lmadi. Jamoamiz hali yosh, albatta, ko'p xato qiladi. Biroq ular qattiq kurasha olishdi", - dedi De Dzerbi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Brayton" jamoasi 8-o'ringa tushib qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal