"Borussiya" Sanchoni 90 mln evro atrofida sotishga tayyor. Xavbek CHLda o'ynamoqchi

Alisher
7 may 2021, 18:01
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

O'yinchiga to'rt klub qiziqish bildirmoqda. "Manchester Yunayted" ham o'tgan yili xavbek bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralarga qaramay Sanchoga qiziqishni saqlab qolgan.

"Borussiya" agar o'yinchi uchun 80 million funt (deyarli 93 mln evro) taklif qilinsa, angliyalik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports