“Borussiya” direktori Batshuayining transferi haqida gapirdi

12 fev 2018, 23:48
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatckening aytishicha, nemis klubi “Chelsi” bilan Batshuayining transferini to'liq sotib olish borasida muzokara olib borgan.

Eslatib o'tamiz, “Borussiya” yanvar oyi oxirida 24 yoshli belgiyalik forvardni London klubidan mavsum yakuniga qadar ijaraga olgandi.

“Biz bor kuchimiz bilan Mishani transferini to'liq qo'lga kiritishga harakat qildik. Ammo “Chelsi” bunga rozi bo'lmadi. Qachonki Roman Abramovich “yo'q” deb javob bersa, demak bu ish amalga oshmaydi”, dedi Vatce belgiyalik jurnalist Kristof Terro bilan suhbatda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com