Bonuchchi tumov sabab Italiya terma jamoasi mashg'ulotini o'tkazib yubordi
Tolibjon Qosimov
22 mar 2017, 19:08
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi seshanba kuni ertalab Italiya terma jamoasi mashg'ulotida ishtirok etmadi.
Bu haqda "Football Italia" xabar berdi. Futbolchi tumovga chalingan. Hozircha kasallikning qay darajada ekanligi va futbolchining JCH-2018 saralashi doirasida Albaniyaga qarshi o'yinda ishtirok etishi noma'lum.