Blind: "Otam yulduzligini uzoq vaqt tushunmaganman"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2015
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Deyli Blindning otasi Danni Blind rasman Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Katta Blind Braziliyadagi jahon chempionatida Lui van Galga yordamchi bo'lgan va keyinroq Gus Xiddinkning murabbiylar shtabida ishladi.

Deyli Blind mashhur futbolchi oilasida yashash qandayligini so'zlab berdi.

"Otam futbol yulduzi ekanligini faqat maktabda bilganman. Oldin otam futboldagi faoliyatini yakunlamagunicha buni tushunmaganman. Men faqat 1995 yildagi Chempionlar ligasining foto va video lavhalarini ko'rganman.

Hozir esa uning barcha o'yinlarini bilaman, ammo uning o'ynaganini stadionda ko'rmaganman. Eslaydigan birinchi narsam, otamning "Ayaks"dagi so'nggi uchrashuvi. Juda ko'p odamlar uning ismini aytib kuylashar edi. O'sha paytda tribunada onam bilan birga edim. Onam meni bag'riga bosib rosa yig'lagan. O'shanda "Nega onam yig'layapti? Bu futbol o'ynayotgan otamku" deb o'ylaganman. Keyinroq esa bu uchrashuv otamning so'nggi o'yini ekanligini bildim. Bahsni eslay olmayman, faqat maydondagi atmosfera yodimda.

Kichkinaligimda otam bilan birga futbol o'ynar edik. Ammo bu juda kam sodir bo'lar edi, chunki "Ayaks" maktabiga erta borganman. Otam ko'pinchi shunday derdi: "Yaxshi, yarim soat o'ynaymiz, keyin esa do'stlaring bilan o'ynaysan" - deydi Blind.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com