Birinchi liga yakuni. Ikkinchi bosqichda “uyg'ongan” “Xorazm” haqida

12 noya 2013, 10:00
Urganchliklar bu yil ikki xil bosqichni o'tkazishdi.

Birinchi bosqichda jamoa qayd etgan natijalar u qadar yuqori bo'lmagan ersada, ikkinchi bosqichda “Xorazm” o'ziga kela boshladi.

Balki bu yozgi yig'inlar davomida tarkibga yangi ijrochilar jalb etilgani bilan bog'liqdir. Chunki birinchi ligada mahorat baribir o'z so'zini aytadi. Xullas urganchliklar bu yil turnir jadvalida 5-o'rinni band etdi.

Mansur Davletov jamoasi ikkinchi bosqichda o'z maydonida bo'lib o'tgan 8ta o'yindan 6tasini o'z foydasiga hal etgan bo'lsa, 1ta o'yinda durang yana bir bahsda esa imkoniyatni boy berdi.

Safarda o'tgan 8ta o'yindan esa 4ta g'alaba va 2 durang, 2ta mag'lubiyat bo'ldi.

Jamoa ikkinchi bosqichning 16ta uchrashuvida hammasi bo'lib, 28ta gol urdi. Eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Murod Bobojonovdir, 10ta.       



Kim qancha gol urdi?

O'yinchi


Gol

(pen)

Murod Bobojonov


10


Qadamboy Nurmetov


9

(1)

Solijon Xayrullaev


2


Mars Quranboev


2

(1)

Aziz Jo'raev


1


Bobur Otaboev


1


Eldor Saidov


1


Marat Hoshimov


1




Jamoa statistikasi

O'yinlar

16

Gollar

28

Uyda

18 (64,29%)

Safarda

10 (35,71%)

O'tkazib yuborilgan gollar

15

Uyda

6 (40%)

Safarda

9 (60%)

O'rtacha urilgan gollar

1,75

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

0,94

Uyda to'plangan ochkolar

19/24 (79,17 %)

Safarda to'plangan ochkolar

14/24 (58,33 %)

Eng yirik g'alaba

5:1 - Oktepa

Eng yirik mag'lubiyat

0:3 - Andijon

Gol o'tkazilmagan o'yinlar

4 (25%)

Golsiz o'yinlar

4 (25%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

28 (1,75)

Chetlatish (o'rtacha) – to'g'ridan-to'g'ri/2SK

0 (0) - 0/0

Islombek Rustambekov tayyorladi


Manba: championat.asia