Bir yarim oy oldin "Lokomotiv" bilan shartnoma qilgan Jasur Yoqubov "Paxtakor"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 12:59
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Jasur Yoqubov "Sherlar" bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

23 yoshli himoyachi Superligada hozirgacha 23 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan. Avvalgi mavsumni Jasur "Surxon" safida o'tkazgan. U erkin agent sifatida tarkibimizga kelib qo'shildi. 

Xabaringiz bor, Jasur Yoqubov 13 yanvar kuni "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagani e'lon qilingan va 2 fevral kuni u klubdan ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати