Beyl "Espanol"ga qarshi o'ynashi mumkin

Tolibjon Qosimov
17 fev 2017, 21:22
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl katta ehtimol bilan jamoaning navbatdagi o'yinida qaydnomaga kiritilishi mumkin.

"Qirollik klubi" keyingi o'yinni Ispaniya chempionati 23-turi doirasida "Espanol"ga qarshi o'tkazadi. Bu ma'lumotni "Football Espana" tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi to'pig'idan olgan jarohat sabab deyarli uch oyni o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Espana