Benzemaning "Barselona"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi. Mendi o'ynamaydi

Оқил Абдубарноев
16 mar 2022, 21:53
"Real" hujumchisi Karim Benzemaning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi hamon so'roq ostida turibdi.

34 yoshli hujumchi mushaklarida muammolarga duch kelmoqda. Uning tibbiy ko'rikdan o'tishi keyinroqqa qoldirildi. U bo'lajak "klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin, ammo uning o'yinga qaytish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

Real Madrid himoyachisi Ferland Mendi esa maydonga tusha olmaydi. Uning mushak to'qimalari shikastlangani bois 10-15 kun safga qaytmaydi.

21 mart kuni Ispaniya La ligasining 29-turida "Real Madrid" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca