“Benfika” ikki to'p farqi bilan yutqazib turib, g'alabaga erishdi

26 iyul 2018, 08:26
Dortmundning “Borussiya” klubi Xalqaro chempionlar kubogida “Benfika”ga mag'lub bo'ldi.

Pittsburgdagi “Xaync Fild” stadionida kechgan bellashuvda portugaliyaliklar penaltilar seriyasida g'olib chiqishdi.

Birinchi bo'limda Maksimilian Filippning “dubl”i evaziga “Borussiya” 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo ikkinchi bo'limda Andre Almeyda va Alfa Semedu muvozanatni tikladi.

Penaltilar seriyasida esa “Benfika” futbolchilari omadliroq chiqishdi. Dortmundliklar safida Serxio Gomes va Aleksander Isak penaltini amalga oshira olishmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia