"Bayer" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Alisher
19 may 2021, 18:24
"Bayer" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, jamoani keyingi mavsumda bosh murabbiy Xerardo Seoane boshqaradi.

Bu ish 42 yoshli mutaxassis uchun Shveytsariyadan tashqaridagi ilk faoliyat bo'ladi. Seoane so'nggi uch mavsum davomida "Yang Boyz"ni boshqargan.

Xerardo Seoanening "Bayer" bilan shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

"Bayer" Germaniya chempionati so'nggi turi oldidan jadvalda 6-o'rinni egallab turibdi. Leverkuzenliklar kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/bayer04fussball