

"Yangi yilni o'tgan yilgidek nishonlayman. Xyonessga jazo to'liq qo'llanmasligiga umid qilyapmiz. Keyin esa u bilan suhbatlashaman va uning kelajagi haqida so'rayman. Agar Xyoness prezidentlikka qaytmoqchi bo'lsa, o'z vazifamni tark etaman" - deydi Xopfner.
Xyoness ayni damda Germaniyadagi qamoqxonalarning birida jazosini o'tamoqda. U 27,2 mln. evro miqdorida soliq to'lamagani uchun 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2015 yilda Xyonessga kunduz kunlari qamoqni tark etishga ruhsat berishgan. U jazoni muddatidan oldin tugatish uchun uzr so'ragan edi.



