"Bavariya" OAVga yolg'on ma'lumot berayotgan futbolchini qidiryapti

Aslanov Jasurbek
2 fev 2016, 17:12
"Bavariya" rahbariyati, murabbiylari va futbolchilari so'nggi kunlarda sodir bo'layotgan voqealardan havotirda.

Oldinroq Kicker gazetasida nomi e'lon qilinmagan futbolchi Gvardiola va "Bavariya" futbolchilari o'rtasidagi munosabat yomonlashganini haqida aytgan so'zlari chop etilgan edi.

"Bavariya"ga kelganimdan beri bu 3-4 marotaba sodir bo'ldi. Afsuski bunday ishlar takrorlanmoqda. Yolg'on ma'lumot berayotgan inson o'ziga chetdan qarab ko'rishi kerak" - deydi Aren Robben.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz