"Bavariya" ikkita sovrin yutsa ham Kovach baribir ketadi

Narzulla Saydullayev
17 may 2019, 15:30
"Bavariya" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachning kelajagi borasida qaror qabul qildi.

U mavsum yakunlanganidan so'ng oltin dublni qo'lga kiritadimi, yo'qmi iste'foga chiqariladi.

"Bavariya" uning o'rniga Mark van Bommelni yaqqol nomzod sifatida ko'rmoqda. 42 yoshli gollandiyalik 2006 yildan 2011 yilgacha "Bavariya" sharafini himoya qilib, ikki marta Germaniya chempioni va mamlakat kubogiga ega chiqqan. U o'tgan yozda PSV klubini boshqargan edi.

Shuningdek, ushbu lavozimga "Ayaks" ustozi Erik ten Xag ham munosib ko'rilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Spox