"Bavariya" bosh murabbiyi Tuxelning yozgi transfer maqsadlari ma'lum

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023, 17:05
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning yozdagi transfer maqsadlari borasida bir qarorga keldi.

Sport1.de xabariga ko'ra, mutaxassis yarim himoya markazi va hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. U "Chelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachich, "Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo-Muanini ko'zlamoqda.

Transfermarkt portali 28 yoshli Kovachichni 40 million evroga, 24 yoshli Kolo-Muanini esa 65 million evroga baholagan.

"Bavariya" ayni damda Bundesliga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport1.de