"Barselona"ning o'yinida inqiroz boshlandimi? Xavi javob berdi

Mirjalol Normatov
12 noya 2023, 12:49
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoasidagi inqiroz haqidagi savolga javob berdi.

"Bu inqiroz emas. Faoliyatim davomida dahshatli inqirozlarga duch kelganman, bu ular kabi emas. Hayotimda matbuotning tanqidlariga ko'p uchraganman. Bunga ko'nikib ham qolganman. Bu "Barselona", barchasini boricha qabul qilish kerak. 

So'nggi o'yinlarda yomon harakat qilyapmiz, tan olish kerak. Kutilganidek bo'la olmadik. Jamoaning muxlisi bo'lganim uchun bu meni 3 karra tashvishga solmoqda. Jamoa g'alabaga erishsa, uch karra ko'proq xursand bo'laman.

Pozicion o'yinni yaxshilashimiz, "Barselona" uslubida o'ynashimiz kerak. Ruhiy to'siq haqida gapirdim, bu narsa bizning pozicion o'yin ko'rsatishimizda halaqit qilyapti", - dedi Xavi.

Xavi boshqaruvidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini bugun "Alaves"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN