"Barselona"ning 32 yoshli futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019, 15:30
"Barselona" hujumchisi Luis Suares faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, urugvaylik klubga yangi shartnoma tuzmoqchi ekanligi ma'lum qildi. Amaldagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

"Barselona"dagilar Suaresning yoshini (32) hisobga olib, uning o'rniga hujumchi izlashni boshlab yuborgan. Bundan tashqari, Kataloniya klubi rahbariyati urugvaylikning tizzasidagi muammodan havotirda.

Luis Suares joriy mavsum LaLiganing 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 20ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo