"Barselona" vingerining kelajagi Yamalning o'sishi tufayli xavf ostida

Sherzod Nurmatov
5 fev 2024, 13:17
Futbolchi Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

"Barselona" vingeri Rafinya Diasning kelajagi Lamin Yamalning o'yini tobora yorqin ko'rinish hosil qilayotgan bois xavf ostida qoldi. Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.

Ispaniyalik futbolchi braziliyalikning jarohatidan unumli foydalanib, tarkibdan joy oldi. Aynan u endi o'ng qanot vingeri sifatida murabbiy uchun ustuvor variant hisoblanadi.



O'tgan yozda kataloniyaliklar Rafinyani sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchiga APL va Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo