"Barselona" Veynaldum bilan "3+1" ko'rinishidagi shartnoma borasida kelishib oldi

Alisher
2 sen 2020, 13:58
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum "Barselona"ga o'tishga yaqin.

"Ko'k-anorranglilar" Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishishdi.

Kataloniya klubi 29 yoshli futbolchi bilan 15 mln evro+bonuslar ko'rinishida shartnoma imzolamoqchi. Umumiy narx 20 milliondan oshmaydi.

Veynaldumning "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es