

“Barselona” agarda “Inter”dan Lautaro Martines transferini amalga oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u holda bor e'tiborini “Leyptsig” hujumchisi Timo Vernerga qaratadi. Germaniyalik hujumchining transferi ayni damda 60 mln evroga baholanmoqda. Timoga asosiy da'vogar sifatida esa “Bavariya” hamda “Liverpul” ko'rsatilmoqda. Biroq Kataloniya klubi mutasaddilari Verner uchun kurashda g'olib chiqa olishiga ishonmoqda.



