"Barselona" va "Manchester Siti" germaniyalik himoyachi uchun kurashmoqda

Khoja
21 fev 2026, 10:32
"Barselona" va "Manchester Siti" "Ayntraxt"ning chap qanot himoyachisi Nataniel Braunni diqqat bilan kuzatmoqda.

Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko'ra, nemis klubi 22 yoshli futbolchi uchun kamida 65 million evro talab qiladi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari "Manchester Yunayted" ham Braunga qiziqish bildirganini yozgan edi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 30 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Bild