"Barselona" sotib olishni istayotgan posbon jamoasidan ketishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
2 iyul 2020, 22:28
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana klubidan ketishini maulm qildi.

"Meni noto'g'ri tushunmanglar, bu yerdagilardan mamnunman, barcha mendan rozi bo'lsin. "Ayaks"da ajoyib 5 yilni o'tkazdim, endi navbatdagi qadamni tashlaydigan payt keldi.

Klub bilan bu borada o'tgan yili kelishib olganman. Hozircha vaziyatlar qanday ketishini bilmayman, ammo mening maqsadlarimni rahbariyat yaxshi biladi", - dedi Onana.

Oldinroq 24 yoshli darvozabonning xizmatlariga "Barselona" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal