"Barselona" "Real"ga qarshi noyob libosda o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
14 okt 2022
Kataloniya klubi La Liga 9-turi doirasidagi "Real" bilan bahsda kanadalik reper Dreyk musiqiy leyblining logotipi tushirilgan formada o'ynashini ma'lum qildi.

"Spotify'da 50 milliard marta eshitilgan birinchi artist bo'lganim uchun "Barselona" yakshanba kungi "El Klasiko"da OVO boyo'g'lisini namoyish etadi. Bunga ishonish qiyin, lekin bu haqiqat", – dedi Dreyk ijtimoiy tarmoqda.

"Barselona" va "Real" o'rtasidagi uchrashuv 16 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. 

Oldinroq Anchelotti Kurtua "Barselona"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishini aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com