"Barselona" rahbariyati Dembelening ketishi aniq ekanligini bilishadi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2022, 23:56
Futbolchi Fransiyaga yo'l oladi.

Kataloniya klubidagilar Usman Dembele yozda PSJ futbolchisiga aylanishi aniq ekanligini bilishadi. "Barselona" futbolchini olib qolish uchun endi harakat qilmaydi. Sababi, futbolchi Parij klubi bilan kelishuvga erishib bo'lgan. Yozda Dembele PSJga erkin agent bo'lib qo'shiladi.

Ma'lumot uchun, Usmon Dembele ushbu mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushib, 9 assist va bitta golni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport