"Barselona" "Nyukasl" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023, 19:34
"Barselona" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi "Fichajes".

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi 23 yoshli futbolchining o'yinidan hayratda va uni o'z jamoasida ko'rmoqchi. 

Agar "Barselona" muzokaralarni boshlasa, "hakkalar" u uchun 70 million evrodan ko'proq so'rashi aytilmoqda.

Shvetsiyalik futbolchi 2022 yildan beri "Nyukasl"da o'ynab kelmoqda. Isak joriy mavsum 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes